STEAM-taʼlimi mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminariga start berildi!

29.06.2022

2237

29-30 iyun, 1-iyul kunlari Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 110-IDUMda Xalq taʼlimi vazirligi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan oʼquv seminari oʼtkazilmoqda.

Ushbu seminar boshlang‘ich sinf Tabiiy fanlar (Science) yo‘nalishida o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etadilar.

ITSM mutaxassislari tomonidan xalqaro tajriba asosida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Tabiiy fanlar (texnologiya va ilm)" o‘quv uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin