Taʼlim sohasini innovatsion rivojlantirish yo‘lida yangi qadam!

19.07.2022

2067

Joriy yilning 19-iyul kuni “IT Park”da o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” o‘rtasida o‘zaro tenglik va manfaat tamoyillarini inobatga olgan holda xalq ta’limi sohasini yanada rivojlantirish va hamkorlikda raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida tadqiqotlar olib borish maqsadida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining bosh direktori Abduvali Haydarov joriy etilayotgan zamonaviy ta’lim uslublari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini hamda yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori Vladimir Kravchenko o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan video kontent hamda ta’lim sohasining ko‘p yo‘nalishlarini raqamlashtirish uchun yaratilgan veb-platformalar bilan tanishib chiqib, kelajakda hamkorlikda bundan ham ilg‘or loyihalar ishlab chiqish istagini bildirdi.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’lim sohasini raqamlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni joriy qilish, tadbirlar tashkil etish uchun qulay shart-sharoit yaratish, ta’lim tizimiga innovatsion g‘oyalar,  raqamli texnologiyalar va yangi tashabbuslarni tadbiq etish va boshqalarni ko‘zda tutadi.

Ushbu Memorandum bo‘yicha hamkorlik quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

- tomonlar xalq ta’limi va IT sohalarida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, joriy etish va targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni tashkillashtirish;
- xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va ularda ishtirok etish;
- xalq ta’limi tizimida qo‘shma innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari va tahliliy ishlarni tashkil etish;
- o‘zaro manfaatli qo‘shma anjumanlar, tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ilmiy seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, akademik mashg‘ulotlar, master klasslar, treninglar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkillashtirish.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin