Xalq taʼlimi vazirligi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminari ishtirokchilarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

01.07.2022

1386

Seminar-treningda boshlang‘ich sinf Tabiiy fanlar yo‘nalishida taʼlim beruvchi o‘qituvchilar 3 kun davomida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ijodkorligi, irodasi va jamoada ishlash orqali ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini rivojlantirishga qaratilgan rus va o‘zbek tillarida ITSM mutaxassislari tomonidan xalqaro tajriba asosida va chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan zamonaviy o‘quv qo‘llanmani chuqur o‘rganib chiqishdi. 

Marosimda Toshkent shaxri va Toshkent viloyati umumtaʼlim maktablaridan saralab olingan 60 dan ortiq o‘qituvchilar "STEAM darslarini amaliy tashkil etish" bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlandi.

Biz ularning muxim va sharafli ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin