“Maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasining Farg‘ona viloyat bo‘limining birinchi seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Trening Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan, «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi o‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilga belgilangan grantlari asosida Farg‘ona shahrida, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi hamda “Farg‘ona viloyatida maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Seminar-treningda 70 nafar Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari maktab psixologlari va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha metodistlari hamda Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdilar. “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi M.Mamadaliyeva va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi katta o‘qituvchisi, psixolog R.To‘raxo‘jayeva trener sifatida qatnashdilar.
Tadbirning asosiy qismi “Yuqori sinf o‘quvchilarini O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab ishga joylashishi bo‘yicha o‘qituvchilarni yo‘naltirish, ularning bu boradagi bilimlarini oshirish” qaratildi. Shuningdek, maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash zamonaviy metodlari haqida o‘qituvchilarga ma’lumotlar va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarni prof.maktab.uz platformasi bilan tanishtirildi, undan qanday foydalanish va uning imkoniyatlari haqida ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Shu bilan birga viloyatdagi barcha o‘qituvchilarni assotsiatsiya tomonidan tashkillashtiriladigan treninglarga jalb qilish, faoliyatini ommalashtirish, o‘z mavqeyini hamda a’zolar sonini oshirish bo‘yicha tashviqot ishlari olib borildi.
Seminar-trening yakunida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari xalq ta’limi boshqarmalari mas'ullariga Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 6000ga yaqin “O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab ishga joylashish” qo‘llanmasi taqdim qilindi.
Eslatib o‘tamiz:
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

">