ITSM O‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi hududiy assotsiatsiyalar uchun grantlarni e’lon qiladi

01.08.2022

1347

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilgi grantlar bo‘yicha takliflarni qabul qilishini e’lon qiladi!

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov.

Tanlov.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin