“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”

30.09.2022

1844

Har bir inson bu dunyoga kelibdiki, unga taqdirning o‘zi, yozib qo‘yilgan past-baland, achchiq va shirin haqiqatlari bilan, bilimlari bilan umrining oxiriga qadar saboq berishda davom etadi. 

Ota-ona farzandining ruhini tarbiyalasa, o‘qituvchi ana shu bolada shaxsni shakllantiradi. Har bir shaxs ulg‘ayar ekan, uning bolalik chog‘larida unda shaxsni shakllantirgan o‘sha o‘qituvchisining siymosi, o‘gitlari, mehnati va mashaqqati namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, ustoz – deya atalmish fidoiy kasb egalari, hamisha tarbiyamizda, saviyamizda, shaxsimizda, ongimizda chuqur va beqiyos joy egallaydi. 

Aziz ustozlar, sizlarga hurmatimiz cheksizdir! Bergan hayot tarbiyangiz uchun, har bir mashaqqatingiz, mehringiz, vaqtingiz, bilimingiz uchun chuqur ta'zimdamiz!

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin