my.maktab.uz elektron platformasi orqali kelib tushgan arizalar bo'yicha ko'rsatkichlar (2023-yilning 24-iyuni, 19:00 ga qadar): 
     1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha elektron platforma orqali jami kelib tushgan arizalar soni - 29 mingga yaqin.
Jumladan:
     ko'rib chiqilayotgan arizalar soni - 12 mingga yaqin;
     maktabga yuborilgan arizalar soni - 10 mingdan ziyod;
     fuqarolarga tahrirlash uchun qaytarilgan arizalar soni - 3 mingdan ortiq;
    maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 2 mingdan ortiq.
    Ota-onalar uchun eslatma!
    Arizalari maktab tomonidan qabul qilingan statusdagi ota-onalar my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn navbatga qo‘yishlari va belgilangan vaqtda maktabga tashrif buyurishlarini eslatib o‘tamiz. 
    Navbatga qo'yish bo'yicha video-yo'riqnomaga o'tish.
    Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.