Joriy yilning 15-iyun kuni, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi nomidan Bosh direktori Mirbabayev Farrux Atxamovich, "Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki" MChJ direktori Hamzin Albert Almazovich hamda "Dreamtech" MChJ Bosh direktori Simanovskiy Sergey Aleksandrovichlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga muvofiq, "Muhandislik sinfi" loyihasi uchun taʼlim media mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Omega” kompaniyasining "Muhandislik sinfi" loyihasi O‘zbekistonda «Dreamtech» MCHJ tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ushbu loyiha Rossiyaning yetakchi o‘quv uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining IT-mahsulotlaridan foydalangan holda, maktab o‘quvchilarining raqamli vakolatlari hamda muhandislik-texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.