Bugun ITSM tomonidan umumta'lim maktablarining AKT oʻqituvchilari uchun dasturlash va robototexnika boʻyicha "Edison Workshop" mahorat darslari tashkil etildi.

17.04.2023

1160

O'quv mashg'ulotlari IT-Park hamda AQSh elchixonasi koʻmagida, "Stem4learning" (AQSh) kompaniyasi vakili, STEAM ta'limi bo'yicha murabbiy va mutaxassis Allan Miller boshchiligida olib borildi.

Trening ishtirokchilari AKT darslarini mazmunli va qiziqarli o'tish usullari,  "EdScratch", "EduBlocks", EdPy, "Python" va "Edison-Loops" dasturlash tillaridan foydalanish asoslari, robotlarni boshqarish  tizimlari kabi mavzularni ko'rib chiqdilar.

Amaliy mashg'ulotlar o'qituvchilarga robototexnika va dasturlash tushunchalarini chuqurroq o'zlashtirish, kasbiy faoliyatlari jarayonida ulardan to'g'ri va samarali foydalanish uslublari bilan tanishish imkonini berdi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin