MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! "e-shahodatnoma.uz"

19.06.2023

10555

 Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

     Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan  boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

     Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q.

     Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi. 

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

     Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
     Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
     Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
     Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

     Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

     Qo'shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

     Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
     Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan  boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin