Samarali hamkorlik sari yangi qadam

29.05.2023

704

 Joriy yilning 29-may kuni ITSM Bosh direktori Mirbabayev Farrux Athamovich boshchiligida "Cambridge Assessment" vakili Stiven King bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida variativ ta'lim va STEM masalalari, ilmiy fanlarning amaliy topshiriqlari doirasida o'quvchilarni baholash tizimi hamda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Markaz Bosh direktori tomonidan Stiven Kingga "Cambridge" universitetida tadbirlarni tashkil etishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirildi hamda esdalik sovg'asi topshirildi.
 
 Eslatib o'tamiz, ITSM delegatsiyasi joriy yilning mart oyida "Cambridge" universitetiga tashrif buyurgan va bir qator uchrashuvlarni o'tkazgan.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin