“AI for Girls v2.0” treningiga start berildi

05.05.2023

1113

Joriy yilining 4-5-may kunlari poytaxtimizda joylashgan “Medion Academy” trening markazining konferensiyalar zalida “AI for Girls v2.0” o‘quv inkubatoriga start berildi. 

“AI for Girls v2.0” o‘quv inkubatori – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi,  Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Germaniyaning "Constructor University" oliy ta'lim muassasasi hamkorligida ishlab chiqilgan bo'lib, ishtirokchilarining dasturlash asoslari hamda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan.  

2 kun davom etishi rejalashtirilgan trening mashg'ulotlarida mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 14-18 yosh oralig‘idagi umumta’lim maktablarining 29 nafar o‘quvchi qizlari ishtirok etmoqdalar. 

Mahorat darslari davomida ishtirokchi qizlar IT va sun’iy intellekt, uning turlari, kelajagi hamda kundalik hayotdagi qo‘llanilishiga doir bilimlarini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin