Diqqat tanlov!

01.12.2020

2481

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun seminar-trening tashkillashtirish ishlari uchun tanlov e’lon qiladi.

Seminar-trening oʻqituvchilik kasbining psixologik xususiyatlari hamda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi mavzularida oʻtkazilishi lozim. Tanlovda tadbirlar va treninglar tashkillashtirish boʻyicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 7-dekabrgacha qabul qilinadi. 

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 7-dekabrgacha qabul qilinadi. 

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin