O‘quvchilarning kasb tanlashi uchun 4 omil

24.11.2020

4032

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida Toshkent shahridagi 129-sonli maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “To‘g‘ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda vazirlik vakillari, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan metodist-psixologlar, maktabning amaliyotchi psixologlari hamda texnologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Unda:
•  o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish;
•  tanlangan kasb bo‘yicha tegishli fanlarni o‘zlashtirish;
•  8-9-sinflarda qiziqishlar bo‘yicha aniq kasb tanlash;
•  10-11-sinflarda tanlangan kasb bo‘yicha ishlab chiqarish yoki tashkilotlarda amaliyot o‘tash omillari haqida tushunchalar berildi.

Seminar-trening so‘ngida kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari, mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflar muhokama qilindi.

Seminar-trening taqdimoti

Seminar-trening taqdimoti

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin