Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki STEM-ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini joriy etadi

29.09.2020

3114

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan joriy yilning 24 sentyabr kuni Zoom platformasida "O'zbekiston Respublikasida STEM ta'limini rivojlantirish" mavzusida video-seminar o'tkazildi.

Xalq ta'limi vazirligining Osiyo taraqqiyot banki bilan qo'shma loyihasi doirasida Respublika davlat umumta'lim maktablarida STEM-ta'lim (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) infratuzilmasini rivojlantirishga 100 mln. AQsh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekiston Respublikasidagi missiyasi rahbari – Sindi Malvichini Xalq ta'limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida xalq ta'limi sohasida hamkorlik bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, Sindi Malvichini loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishini ta'kidladi:

1. O'quvchilar uchun qulay o'quv muhitini yaratish maqsadida maktab infratuzilmasi (energiya tejamkor va tabiiy ofatlarga chidamli), laboratoriyalar, uskunalar va isitish tizimlarini modernizatsiyalash;

2. STEMni o'qitishda o'qituvchilarni o'z malakasini oshirish uchun tayyorlash;

3. O'rta maktab o'quvchilari tomonidan zamonaviy ko'nikmalarni o'zlashtirish amaliyotini takomillashtirish;

4. Ta'lim sifatini ta'minlash maqsadida davlat umumta'lim maktablarini xalqaro baholash talablariga muvofiq moslashtirish;

5. Shu'bani boshqarish va yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirish, jumladan, STEM xalqaro dasturlariga yo'naltirilgan ayrim hududlarda resurs maktablarini yaratish, shuningdek, o'quvchilarning o'qish tajribasini yaxshilash va o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun boshqa maktablar bilan hamkorlik qilish.

Xalq ta'limi vaziri – Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot banki vakillariga Respublika xalq ta'limi sohasini isloh qilish borasidagi yo'lga qo'yilgan hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Sherzod Shermatov, shuningdek, "Mustaqillikka erishgandan keyingi davrda O'zbekiston Respublika aholisi 16 mln. kishiga ko'paydi, bu qo'shni mamlakatlarga qaraganda bir necha barobar ko'pdir. Ayni vaqtda Respublika aholisining aksariyat qismi yoshlarni tashkil etib, ya'ni Vazirlik ta'lim sohasida STEM kabi sohalarni joriy etishdan maqsad, zamonaviy iqtisodiyotda zarur bo'ladigan hamda 21 asrda raqobatbardosh bo'lishga imkon beradigan zamonaviy ko'nikmalarga ega bo'lish maqsadida kelajak avlodga imkoniyat yaratishdir".

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin