Diqqat tanlov!

15.12.2020

2749

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun internet orqali xabardorlikni oshirish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi.

Internet orqali xabardorlik kampaniyasi o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish mavzularida bo’lishi lozim. Tanlovda internet orqali xabardorlik kampaniyalarini amalga oshirish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 21-dekabrgacha qabul qilinadi.

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Batafsil ma'lumot:

https://drive.google.com/file/d/1HintVyrecbh1VOR9KXREjjYGtO1memug/view?usp=sharing

https://drive.google.com/file/d/1HintVyrecbh1VOR9KXREjjYGtO1memug/view?usp=sharing ">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin