Maktab tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech yechimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqiladi

30.09.2020

2798

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Zoom platformasida Xalq ta'limi vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan video-uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhokama mavzusi: "Respublika davlat umumta'lim maktablarida ta'lim texnologiyalarining holati va ta'lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish".

Seminarda o'zining taqdimotlari bilan Riye Xiraoka (OTB Ijtimoiy shu'ba bo'limi Direktori), Jian Shu, (Ta'lim va ta'lim texnologiyalari bo'yicha katta mutaxassis, OTB), shuningdek, Tim Denni va Qobil Yunusov, OTB texnik yordam loyihasi konsultantlari ishtirok etdilar.

Jian Shu so'zlariga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda ta'lim texnologiyalarini joriy etish o'rta darajada bo'lib, virtual va kengaytirilgan reallik kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirish hamda joriy etish uchun imkoniyat mavjud".

Xalq ta'limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki qo'shma loyihasi doirasida davlat umumta'lim maktablarining ta'lim texnologiyalarini joriy etishga tayyorligini tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech yechimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqish, shuningdek, ta'lim texnologiyalarini xalq ta'limi sohasining umumiy rejasiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari – Rustam Karimjonov video-uchrashuv yakunida ta'kidladi: "Kelajak texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotda ekanligini tushunish muhim. Mazkur sohalarni samarali rivojlantirish uchun maktab bitiruvchilari kamida axborot texnologiyalari sohasida tayanch ko'nikmalarga ega bo'lishlari lozim. O'qituvchilar, o'z navbatida, o'quvchilarga maktabda olingan ko'nikmalarni o'rganish va amaliyotda qo'llashga qiziqishlari uchun o'quv materiallarini ko'ngildagidek tushuntirib bera olishlari lozim".

Video-uchrashuv natijasida tomonlar xalq ta'limi sohasiga ta'lim texnologiyalarini joriy etishda davomiy hamkorlikni olib borishga kelishdilar.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin