Uzcard kompaniyasi o‘qituvchilarni taqdirladi!

01.10.2020

2468

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi hamda Uzcard kompaniyasi tizimda 
raqamli ta’limni rivojlantirish, maktab o‘quvchilariga qiziqarli bo‘lgan elektron dasturlarni boyitishda o‘z mehnatini ayamay, izlangan va hamkorlik qilgan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirdi.
 
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatda, o‘zlaringizni yo‘qotmay, ta’limning uzluksizligini ta’minlashda katta hissa qo‘shdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz” deydi - Uzcard bosh direktori Dilshod Ikromov.

Tadbir so‘ngida, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va Uzcard homiyligida interaktiv virtual ta’limni rivojlantirish uchun kontent yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan va amaliy yordam ko‘rsatgan bir qator o‘qituvchilarga zamonaviy planshet hamda tashakkurnomalar topshirildi. “Kelajakda ta’lim sohasida yangi loyihalar, yanada mukammal platforma va dasturlarni amalga tatbiq etishda ko‘magingizga ishonamiz” deya, o‘z so‘zini yakunladi vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin