YUNESKO tashabbusi bilan 130 ta bolalar kitobi o'zbek tilida nashr etildi

14.12.2020

3546

"Hikoyani tarjima qiling" (Translate a Story) loyihasi doirasida YUNESKO Xalq ta'limi vazirligi va Norvegiyaning rivojlanish agentligi (Norad) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitoblarni o'zbek tiliga tarjima qilindi. 

Ushbu loyihaning birinchi muvaffaqiyati haqida fikr almashishi maqsadida kuni kecha Xalq ta'limi vazirligi, YUNESKO va Norad vakillari ishtirokida onlayn muloqot tadbiri bo'lib o'tdi.

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi jamoasi tomonidan tarjima qilingan kitoblar Global raqamli kutubxonaga (Global Digital Library - GDL) taqdim etildi. 
Badiiy hikoyalarni bog’cha va maktab yoshidagi bolalar o`qishi tavsiya qilinmoqda.
 
"Hikoyani tarjima qiling" - Norad, GDL, Global Book Alliance (GBA), BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi (UNHCR) va boshqalar bilan hamkorligida boshlangan loyiha yosh  bolalar uchun ayni muddao. Ayni kunlarda Xalq ta'limi vazirligi va YUNESKO vakillari hamkorlikda bolalar uchun qiziqarli mavzularni yetkazib berish uchun izlanishmoqda. 

Loyiha haqida ko'proq bilish uchun quyidagi havolalarga o’tishingiz mumkin: 
https://en.unesco.org/news/unesco-and-partners-publish-130-open-source-childrens-books-uzbek
https://en.unesco.org/themes/ict-education/translate-story

Global raqamli kutubxona manzili:
https://digitallibrary.io/uz/

https://en.unesco.org/news/unesco-and-partners-publish-130-open-source-childrens-books-uzbek
https://en.unesco.org/themes/ict-education/translate-story

Global raqamli kutubxona manzili:
https://digitallibrary.io/uz/

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin