Yaponiyaning JICA tashkiloti pandemiya oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashmoqda
Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, pandemiya davrida o‘quvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘qituvchilari salohiyatini oshirish va ta’limdagi tengsizlikni kamaytirish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida “COVID-19 pandemiyasi davrida o‘qituvchilarning xalq ta’limi tizimidagi muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini oshirish” loyixasini amalga oshirilimoqda.
Ushbu loyiha doirasida, har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan (jami 140) o‘qituvchilar saralab olindi. O‘qituvchilarning har biriga JICA tomonidan beg‘araz ajratilgan noutbuk, router va alohida sim-kartalar tarqatildi.
Shuningdek, har bir viloyatga ma’sul mutahasisslar ajratilib texnik jamlamalardan o‘quv dasturi davomida to‘g‘ri foydalanish buyicha tegishli ma’lumotlar berildi.Ushbu o‘qituvchilarning har biriga, JICA tashkiloti tomonidan beg‘araz yordam asosida taqdim etilgan noutbuklar va boshqa kerakli jihozlardan foydalangan holda, loyihada ko‘zda tutilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
-
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va o‘qituvchilar malakasini oshirish;
-
o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish.
Ushbu loyiha vazirlikning quyidagi yo‘nalishlarini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi:
-
o‘qituvchilar malakasini oshirishning yangi yo‘nalishlarini tadbiq etish;
-
ta’lim tizimida qo‘shimcha adabiyotlar va o‘quv loyihalari sifatini oshirish hamda xususiy ta’limning rivojlantirish.
Ushbu loyiha “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” va Japan Digital University tashkilotlari ma’suligida amalga oshirilmoqda.
Tomonlar o‘zaro tenglik va manfaatdorlik asosida, shuningdek, hamkorlikning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga va ta’lim sohasi mutahassislarining malakasini oshirishiga ko‘maklashadilar.