Yangiliklar

Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturi taqdimoti

17.02.2020 5121

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligini taʼkidlagan edi. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi yoshlarga zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim berish maqsadida Edu Market loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur platforma Game Zale kompaniyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan tatbiq qilingan. Platforma zamonaviy texnologiyalar dunyosida bolalarning rivojlanish mashqlari shaklida (yoshga qarab sinflarni tanlash orqali) teng imkoniyatlarni taʼminlash, IT koʻnikmalar hamda diqqat, xotira va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu platforma taʼlim...

Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

11.02.2020 3064

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning 5-6-mart kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi o'tkaziladi. Forumda hukumatining rasmiy vakillari, turli kompaniya va biznes soha yetakchilari va investorlar ishtirokida Tashkent City xalqaro biznes markazidagi Kongress xolda bo'lib o'tadi. ITSM ushbu forum doirasida xalq ta'limi sohasida amalga oshirayotgan innovatsion va raqamli xizmatlar bo'yicha turli loyihalar bo'yicha hamkorlikka taklif qiladi. Forumda ishtirok etish istagida boʻlganlar uchun http://www.tiif.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘ting.

EduKids - Digest 1: Bolalarni o'qishga qanday qiziqtirish mumkin?

29.11.2019 3183

Bizning kreativ jamoamiz tomonidan yangi loyiha #EduKids loyihasi ishga tushirildi. Loyihaning asosiy maqsadi bu yoshlarimizni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari va oʻz ustida ishlashga motivatsiya qilish boʻlib, unda ota-onalar, jamiyatimiz va oʻqituvchilarimizning rolini keng yoritib borishdan iborat. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi – ITSM Yuklab olish

Finlyandiyada ta’lim innovatsiyalari bilan tanishildi

12.11.2019 3785

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” xodimlari ishchi tashrif bilan 4-8 noyabr kunlari Finlyandiyada bo‘ldi. Dastlab Finlyandiya milliy ta’lim agentligi rahbariyati vakili Leo Paxkin bilan uchrashuv o‘tkazildi va unda Finlyandiya ta’lim tizimidan o‘rganish mumkin bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek O‘zbekiston xalq ta’limi tizimi va markaz faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tashrif davomida Finlyandiya maktab va maktabdan tashqari ta’lim markazlari faoliyati o‘rganildi. Jumladan, maktabdagi STEAM fanlarini o‘qitishning innovatsion yondashuvi bilan tanishildi, ta’lim innovatsiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etib, yangicha fikrlashga o‘rgatuvchi Futures Laboratory’ga tashrif uyushtirildi. Delegatsiya 6-8 noyabr kunlari ta’lim innovatsiyalari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli tadbirlardan hisoblangan HundrED Innovation Summit’da ishtirok etdi. Finlandiya ta’lim vaziri...

“EduMarket” interaktiv virtual ta’lim pilot loyihasining demo-versiyasini amalga oshirish boshlandi

25.10.2019 3121

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan joriy etilmoqda. Loyiha taʼlim mashqlari shaklida (yoshi boʻyicha darslarni tanlash bilan) zamonaviy  texnologiyalar yordamida bolalar bilimini, IT sohasidagi koʻnikmalarni hamda  diqqat, xotira va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan. “EduMarket” loyihasining maqsadi - bolalar uchun yanada qulay, qiziqarli interfaol usulda bilim olish va oʻrganish jarayonini ishlab chiqish, har bir yoshdagi oʻquvchi  uchun bilim olishning toʻgʻri tizimini hamda oʻzlashtirish faoliyatini shaffof  monitoringini yaratish, gadjetlarni nafaqat oʻyin maqsadida,  balki toʻlaqonli taʼlim  vositasi sifatida ham yaratishdan iborat.  Tadbir davomida oʻquvchilarga maktab fanlari va mantiqiy masalalar boʻyicha  mashq bajarish uchun mobil planshetlar taqdim etildi. “EduMarket” loyihasi doirasida mashgʻulotlarni kuzatish, koʻrsatkichlarni takomillashtirish, boshqa foydalanuvchilar natijalari bilan erishilgan yutuqlarni taqqoslash asosida  darslarning dastlabki taʼsirini baholash quyidagi kutilgan koʻrsatkichlariga  olib keladi: - hafta davomida qaror qabul qilish tezligi 15% gacha oshadi; - 1 oyda mashgʻulotlarga eʼtibor berishi 1,5 marta oshadi; - 2 oyda mayda detallarga diqqati 2 barobar oshadi; - 2-3 hafta davomida xotira 20% ga oʻsadi; - 2-3 hafta davomida mantiqiy fikrlash koʻrsatkichi 15% gacha oshadi.   Loyiha yakunida eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

Toshkent shahridagi 22-maktab Xalqaro barqaror rivojlanish tanlovining final bosqichiga yo‘l oldi

24.10.2019 3121

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 22-maktabda ishlab chiqilgan "Quyoshdan quvvat ol" (“Take the Power from the Sun”) loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli Zayed Sustainability Prize (Zayed Barqaror Rivojlanish Tanlovi)da Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi finalchisiga aylandi. Tanlovning beshta yo‘nalishiga dunyoning 129 ta davlatidan 2373 ta ariza kelib tushgan. Final bosqichi ishtirokchilari, jumladan Toshkent shahridagi 22-maktab 2020 yilning yanvarida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga taklif etildi. Gʻoliblar aynan ushbu marosimda e’lon qilinadi. Maktablar yo‘nalishida har bir mintaqa g‘olibiga o‘z loyihasini amalga oshirish uchun 100 ming AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi. Zayed Sustainability Prize 2008...

O‘zbekiston va BAA kelajak ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi

19.10.2019 3603

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari Taʼlim vazirligi akkreditatsiya va taʼlim xizmatlari boʻyicha vazir oʻrinbosari yordamchisi Xassan Alxeyri hamda xalqaro tashkilotlar boʻyicha ijrochi direktori Xolid Aljasmi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot almashinib, ikki tomonlama amaliy hamkorlik asosiy yoʻnalishlari borasida kelishib olindi. BAA Taʼlim vazirligi bilan Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan ushbu hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: -    uzluksiz ta’lim tizimi; -    ta’lim sohasida kelajakni tahlil asosida belgilab, ta’limni kelajakka       muvofiqlashtirish; -    kelajak ko‘nikmalarini aniqlash va tatbiq qilish; -    samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari...

Poytaxtimizdagi uchta «Barkamol avlod» bolalar maktabida RoboCraft kurslari ochildi

18.10.2019 3662

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Toshkent shahridagi uchta «Barkamol avlod» bolalar maktabida RoboCraft kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kurslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbusi hamda “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirg‘ali, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlarida faoliyat yuritayotgan «Barkamol avlod» bolalar maktablarida ochildi. RoboCraft — maxsus kurslardan iborat bo‘lib, mashg‘ulotlarda o‘quvchilar robotlarni yig‘ish hamda ularni dasturlashni o‘rganadi. Mazkur kurs asoschilari tomonidan o‘quv jarayonida o‘ziga xos yondashuv joriy etilishi, shuningdek, mashg‘ulotlarni zamonaviy ta’lim modellariga tayangan holda o‘tish taklifi berilgan. Xususan, kurs mashg‘ulotlari STEAM metodikasi asosida o‘tiladi. Ushbu ta’lim modeli o‘quvchilarga nafaqat bilim olish, balki ularni amalda qo‘llashda ham...

“Virtual ta’lim" - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi

28.09.2019 3466

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda – Davlat sherigi) “Virtual ta’lim" - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish maqsadida Davlat-xususiy sheriklik loyihasida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov predmeti: “Virtual ta’lim” - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish - (keyingi o‘rinlarda – DXSH predmeti); DXSH predmeti tanlov g‘olibi tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagi shartlarga muvofiq 49 yilgacha bo‘lgan muddatga qadar (O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 537-sonli O‘zR Qonuniga muvofiq) bepul foydalanish uchun ishlatiladi. Tanlov jarayonida ishtirok etish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar: yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; soliqlar,  yig‘imlar,...

O‘zbekistondagi 2700 dan ziyod maktab zamonaviy kompyuter bilan ta'minlanadi

30.08.2019 3049

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning umumta'lim maktablarida 2859 ta o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilangan. 7 iyun kuni xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi prezidenti Yu Yeng Park O‘zbekistonda o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladilar. KT kompaniyasi “Maktab ta'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan 33 mln dollar kredit hisobiga moliyalashtirildi. Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi.  2019 yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktabga yetkazib...

Shavkat Mirziyoyev «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi

26.08.2019 3053

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.  Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta'lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari shaklida tashkil etiladi.  2019 yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, hamda Xorazm viloyatida bo‘ladi. O‘z navbatida, 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va...

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Telegram messenjerida UzEduBot botini ishga tushirdi

19.08.2019 2786

UzEduBot botining asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat. Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin. Bot yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor. Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi. Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi. Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin. UzEduBot boti hozirda test...