Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturi taqdimoti

17.02.2020

5030

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligini taʼkidlagan edi.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi yoshlarga zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim berish maqsadida Edu Market loyihasini ishlab chiqdi.

Mazkur platforma Game Zale kompaniyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan tatbiq qilingan.

Platforma zamonaviy texnologiyalar dunyosida bolalarning rivojlanish mashqlari shaklida (yoshga qarab sinflarni tanlash orqali) teng imkoniyatlarni taʼminlash, IT koʻnikmalar hamda diqqat, xotira va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu platforma taʼlim faoliyatida yangi usul va uslublarni yaratib, uning sifatini oshirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shubhasiz, bu oʻqituvchining oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida oʻz ustida ishlash lozimligini talab qilib, oʻquvchilarning bilim faolligini oshiradi. Oʻquv jarayonini yanada yorqinroq va qiziqarli qiladi.

Hozirgi kunga kelib, platformaning demo-versiyasi Toshkent shahridagi 94-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari orasida sinovdan oʻtkazildi. Edu Market bolalarning taʼlimga qiziqishini oshirishda samarali oʻqitish vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Platformaning tarkibiy qismlariga virtual maktab, virtual kutubxona, onlayn oʻqitish tizimi, oʻquvchilarning onlayn oʻzlashtirish statistikasi, oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun oʻquvchilarni ragʻbatlantirish tizimi va boshqalar kiradi.

Ilovaning demo-versiyasini sinovdan oʻtkazishda eng yuqori ball toʻplagan gʻoliblardan biri 94-maktabning 1-“G” sinf oʻquvchisi Safira Dusmuxamedova Edu Market haqida shunday dedi: “Menga dastur birinchi foydalanishdayoq yoqdi, u juda maroqli va qiziqarli dastur ekan. Uning yordamida siz yangi bilimlarni oʻrganishingiz mumkin. Men hammaga Edu Market dan foydalanishni maslahat beraman”.

Toshkent shahridagi 94-oʻrta maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Daniya Aminova Edu Market haqida: “1-sinf oʻquvchilarini kuzatar ekanman,bolalarning koʻzlarida shijoat va ishtiyoqni koʻrdim. Mazkur platforma har tomonlama sayqallanib yaratilgan. Muayyan tilda soʻzlashish toʻsigʻiga uchragan oʻquvchilar qolgan tengdoshlari bilan birga baravar, ishtiyoq bilan mashqlarni ishlab, aksariyati yaxshi natijalarga erishdi. Shundan anglash mumkinki, oʻquvchilarda ilm olishga ishtiyoq paydo boʻldi va yangi bilimlarga oʻrganishga qiziqish ortdi”.

- Hozirgi kunda oʻquvchilar koʻp vaqtini smartfon yoki planshetlardan foydalanib oʻtkazadi. Shuni inobatga olib, bolalarga vaqtlarini samarali foydalanishlari uchun yangi platformani yaratdik. Edu Market loyihasi orqali ularga bilim olish uchun yangi imkoniyat berish bilan birga bilim olish qiziq ekanini koʻrsatmoqchimiz. Kelajakda Edu Market tizimi orqali yoshlar uchun foydali, kasb egallash imkoniyatini beruvchi maʼlumotlar berib borish rejalashtirilgan. Jumladan, yuqori sinf oʻquvchilariga internet orqali qonuniy pul ishlash imkoniyatlarini oʻrgatish ham rejalashtirilgan. Bu esa ularning kelajakda qoʻshimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi, - dedi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

Tantanali marosim davomida platformani sinovdan oʻtkazish tanlovida mashqlarni muvaffaqiyatli bajargan eng yaxshi top-10 reytingga kirgan oʻquvchilarga tadbir tashkilotchilari tomonidan sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Edu Market

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin