“Virtual ta’lim" - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda – Davlat sherigi) “Virtual ta’lim" - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish maqsadida Davlat-xususiy sheriklik loyihasida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov predmeti:
-
“Virtual ta’lim” - Interaktiv virtual ta’lim elektron platformasini ishlab chiqish - (keyingi o‘rinlarda – DXSH predmeti);
-
DXSH predmeti tanlov g‘olibi tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagi shartlarga muvofiq 49 yilgacha bo‘lgan muddatga qadar (O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 537-sonli O‘zR Qonuniga muvofiq) bepul foydalanish uchun ishlatiladi.
-
Tanlov jarayonida ishtirok etish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar:
-
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
-
soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot ariza taqdim etilgan kundan bir oy oldingi holati bo‘yicha;
-
tanlov ishtirokchisi qayta tashkil etish yoki tugatish bosqichida bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-
davlat-xususiy sheriklik loyihasi taklifi;
-
DXSH predmetini ishlab chiqish uchun dastlabki konsepsiyasi;
-
tanlov e’lonida ko‘rsatilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi davrida moliyalashtirish jadvali bilan DXSH predmetini rivojlantirish rejasi;
-
yuridik shaxs egaligidagi yoki tasarrufidagi moliyaviy aktivlar, shuningdek, so‘nggi uch yilgi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
xorijiy firma va tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari va/yoki vakolatxonalarida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
Muddati:
Tanlovda ishtirok etishga qiziqqan tadbirkorlar va investorlar 2019 yilning 15 noyabriga qadar quyidagi manzilga o‘z qiziqishlarini taqdim etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK, Toshkent shahri, 100031, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy. Tel.: (+99871) 207-39-39, elektron pochta: info@itsm.uz.
Tanlovning qo‘shimcha shartlariga oid ma’lumot quyidagi manzilda keltirilgan.
https://uzedu.uz/uz/obavlaetsa-konkurs-na-razrabotku-elektronnoj-platformy-interaktivno-virtualnogo-obrazovania-virtual-talim