Toshkent shahridagi 22-maktab Xalqaro barqaror rivojlanish tanlovining final bosqichiga yo‘l oldi

24.10.2019

3021

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 22-maktabda ishlab chiqilgan "Quyoshdan quvvat ol" (“Take the Power from the Sun”) loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli Zayed Sustainability Prize (Zayed Barqaror Rivojlanish Tanlovi)da Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi finalchisiga aylandi.

Tanlovning beshta yo‘nalishiga dunyoning 129 ta davlatidan 2373 ta ariza kelib tushgan. Final bosqichi ishtirokchilari, jumladan Toshkent shahridagi 22-maktab 2020 yilning yanvarida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga taklif etildi. Gʻoliblar aynan ushbu marosimda e’lon qilinadi. Maktablar yo‘nalishida har bir mintaqa g‘olibiga o‘z loyihasini amalga oshirish uchun 100 ming AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi.

Zayed Sustainability Prize 2008 yildan Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi Shayx Zayed bin Sulton Al Nahyon xotirasiga atab o‘tkazila boshlangan. Umumiy sovrin jamg‘armasi 3 million AQSH dollari bo‘lgan tanlov har yili sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti, energetika va global maktablar yo‘nalishlarida barqaror rivojlanish bo‘yicha eng yaxshi loyihalarni taqdirlab keladi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin