O‘zbekiston va BAA kelajak ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi

19.10.2019

3528

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari Taʼlim vazirligi akkreditatsiya va taʼlim xizmatlari boʻyicha vazir oʻrinbosari yordamchisi Xassan Alxeyri hamda xalqaro tashkilotlar boʻyicha ijrochi direktori Xolid Aljasmi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot almashinib, ikki tomonlama amaliy hamkorlik asosiy yoʻnalishlari borasida kelishib olindi. BAA Taʼlim vazirligi bilan Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan ushbu hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:

-    uzluksiz ta’lim tizimi;
-    ta’lim sohasida kelajakni tahlil asosida belgilab, ta’limni kelajakka
      muvofiqlashtirish;
-    kelajak ko‘nikmalarini aniqlash va tatbiq qilish;
-    samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (Key Performance Indicators, KPI).

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ta’lim sohasida kelajakda hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida bir qancha vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin