“EduMarket” interaktiv virtual ta’lim pilot loyihasining demo-versiyasini amalga oshirish boshlandi

25.10.2019

3034

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan joriy etilmoqda.

Loyiha taʼlim mashqlari shaklida (yoshi boʻyicha darslarni tanlash bilan) zamonaviy 
texnologiyalar yordamida bolalar bilimini, IT sohasidagi koʻnikmalarni hamda 
diqqat, xotira va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan.

“EduMarket” loyihasining maqsadi - bolalar uchun yanada qulay, qiziqarli interfaol
usulda bilim olish va oʻrganish jarayonini ishlab chiqish, har bir yoshdagi oʻquvchi 
uchun bilim olishning toʻgʻri tizimini hamda oʻzlashtirish faoliyatini shaffof 
monitoringini yaratish, gadjetlarni nafaqat oʻyin maqsadida,  balki toʻlaqonli taʼlim 
vositasi sifatida ham yaratishdan iborat. 

Tadbir davomida oʻquvchilarga maktab fanlari va mantiqiy masalalar boʻyicha 
mashq bajarish uchun mobil planshetlar taqdim etildi. “EduMarket” loyihasi
doirasida mashgʻulotlarni kuzatish, koʻrsatkichlarni takomillashtirish, boshqa
foydalanuvchilar natijalari bilan erishilgan yutuqlarni taqqoslash asosida 
darslarning dastlabki taʼsirini baholash quyidagi kutilgan koʻrsatkichlariga 
olib keladi:
- hafta davomida qaror qabul qilish tezligi 15% gacha oshadi;
- 1 oyda mashgʻulotlarga eʼtibor berishi 1,5 marta oshadi;
- 2 oyda mayda detallarga diqqati 2 barobar oshadi;
- 2-3 hafta davomida xotira 20% ga oʻsadi;
- 2-3 hafta davomida mantiqiy fikrlash koʻrsatkichi 15% gacha oshadi.

  Loyiha yakunida eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin