Yangiliklar

"EDU KIDS"

30.08.2024 255

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va ITSM hamkorligida ishlab chiqilgan "EDU KIDS" loyihasi bolalarga atrofdagi dunyoni o‘rganishga turtki bo‘lish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

Yangi O‘zbekiston ustozlari loyihasi

28.08.2024 457

«Qizil», «sariq» va «yashil» toifadagi hududlardan pedagoglarning tajriba almashish loyihasi haqida hech eshitganmisiz? Yangi O'zbekiston ustozlari loyihasi o'qituvchilar o'z tajribalari, ish uslublari va yutuqlari bilan o'rtoqlashishiga ko'maklashadi. Bu nafaqat iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishga, balki bilim va ilg'or tajribalarni samarali almashish tarmog'ini yaratishga yordam beradi. Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari bu: - ta’lim sifati past, shuningdek, olis (qizil) hududda joylashgan maktablarda dars berish uchun ta’lim sifati yuqori bo‘lgan hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish;  - mazkur o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilishdir.

"Bolalar sayyorasi" multfilmi

27.08.2024 428

Endilikda "Milliy ta'lim resurslari" YouTube  kanalida barcha kichkintoylarimiz uchun qiziqarli bo'lgan "Bolalar sayyorasi" multfilmini tomosha qilishingiz mumkin! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan "Bolalar sayyorasi" multfilmi ta'lim va ko'ngilochar mavzularga asoslangan.  

"Smartland" interaktiv platformasi

27.08.2024 531

Aziz o'quvchilar! Yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin maktabda o‘zlashtirgan bilimlaringizni unutib qo‘ymadingizmi? Smartland interaktiv platformasi orqali o'z bilim darajangizni sinab ko'rishingiz mumkin! Platforma 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarga qaratilgan bo'lib, oddiy o'quv materiallarini qiziqarli o'yin vazifalariga aylantirish imkonini beradi. Ushbu platformada matematika, rus tili, chet tillari, tabiiy fanlar va boshqa ko'plab mavzular bo'yicha o'yinlar yaratilgan.  Smartland har bir o'quvchiga mos materialni topishga imkon beradi, chunki platforma yosh toifasi va murakkabligiga moslashtirilgan turli xil o'quv o'yinlaridan iborat.

Elektron shahodatnoma platformasi

29.07.2024 2036

Elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) Maktab ta’limi tizimidagi maktab bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirish maqsadida “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi yaratildi. Axborot tizimining funksiyasi: Elektron shahodatnomani yuklab olish, uni dublikatini olish, uning haqqoniyligini tekshirish va unda soʻnggi 6 yillik baholarini hamda oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan tanishish, shuningdek eksternat asosida imtihonga ariza taqdim etish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.  

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" dan yana bir loyiha

22.07.2024 1625

“O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan kasb.maktab.uz onlayn platformasi” bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz! Oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularning kelajakda munosib kasb egasi  boʻlishlariga koʻmaklashishga qaratilgan platforma.      ITSM ta'lim sohasida ilg'or texnologiyalardan foydalanishni rag'batlantiradi, innovatsion loyihalar joriy etishda to'xtamaydi.  

Ta'lim sohasidagi yana bir hamkorlik!

22.07.2024 1469

"Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" DUK  hamda "China Education Silk Road Education Technology" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!  Hamkorlik doirasida maktab o'quvchilariga Xitoy tili kurslarini joriy etish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu yondashuv nafaqat maktab o'quvchilarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytiradi, balki mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam ko'prik bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida o'quvchilar uchun onlayn IT kurslar tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bu kurslar o'quvchilarda axborot texnologiya ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

“O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish

19.07.2024 1539

Joriy yilning 19-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK hamda “O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi! Mazkur uchrashuv davomida maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, taʼlim sohasida raqamlashtirish, media-mahsulotlarini ishlab chiqish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko'zda tutildi.

Ta'lim yo'nalishida strategiya – bu ta'lim sifatini yaxshilash uchun uzoq muddatli maqsadlar va ularga erishish usullarini rejalashtirishdir.

18.07.2024 1666

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim tizimida ustuvorliklarni belgilash, chora-tadbirlarni ishlab chiqish, natijalarni baholash va kerak bo'lganda strategiyani o'zgartirishga ixtisoslashgan. Bizning markaz zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish,ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha strategik yondashadi. Yangi O‘zbekiston ustozlari axborot tizimi (ustozfondi.uz) - zamonaviy strategik tizimlardan biri bo'lib, ushbu tizim orqali taʼlim sifati past boʻlgan umumtaʼlim maktablarga taʼlim sifati yuqori boʻlgan hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilinadi.

Ta'limdagi innovatsiyalar: texnologiya orqali bilimga yo'l

12.07.2024 1787

Texnologiya zamonaviy ta'limda tobora muhim rol o'ynaydi, o'quv jarayonini boyitadi va uni o'quvchilar uchun yanada qulayroq va qiziqarli qiladi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim sohasida ilg'or texnologiyalardan foydalanishni rag'batlantiradi, innovatsion loyihalar joriy etishda to'xtamaydi.   Shunday loyihalardan biri bu "1-sinfga onlayn qabul- my.maktab.uz"  platformasi. 1-sinfga qabul tizimi onlayn rejimga o'tkazilgandan so'ng ushbu jarayon yanada optimallashtirildi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida biz o'rganishni qulay, interaktiv va shaxsiylashtiradigan texnologiyalarni amalga oshiramiz. Biz har bir inson joylashuvi yoki imkoniyatlaridan qat'i nazar, sifatli ta'lim va cheksiz ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlashga intilamiz.  

Innovatsiya zamonaviy ta'lim rivojlanishida muhim harakatlantiruvchi boshlanishdir.

12.07.2024 1797

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish yordamida  ta'limni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan loyihalar yaratiladi. Markaz hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan kashf etilgan platformasi shunday innovatsion loyihalar qatoriga kiradi. Ushbu platforma oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularning kelajakda munosib kasb egasi boʻlishlariga koʻmaklashishga qaratilgan.

Sizlarni 30-iyun - Yoshlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

30.06.2024 2053

Aziz yoshlar, Sizlarni bugungi bayramingiz 30-iyun - Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! Siz yurtimizning mustahkam ishonchi, maqsadga intiluvchan yorug’ kelajagi, ertamizning umidisiz! O’zbekistonimizning yangidan-yangi marralarini zabt etishingizda sizlarga ulkan zafarlar, kuch-g’ayrat, shijoat, baxt va oilaviy farovonlik tilab qolamiz! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!

Call-markazga eng ko'p tushayotgan savollarga javoblar

28.06.2024 1929

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi? - Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.  Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari  uchun ham taalluqlidir. Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi. Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin? - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq,  ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta...

Bugun O’zbekistonda 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanmoqda.

27.06.2024 1978

Ushbu soha vakillarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hurmat bilan, "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi"!

Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi ishga tushirildi.

20.06.2024 2133

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

11.06.2024 2185

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

O'zbekistonda birinchi Xalqaro O'yin va Animatsiya festivali.

06.06.2024 2332

Game Fest festivali 2024 yil 3-4 iyun kunlari IT Park majmuasida bo'lib o'tdi.  IT sohasi, o‘yin va animatsiya sanoati, kibersport industriyasi mutaxassislarini bir joyga to'plagan ushbu festivalda ITSM jamoasi ham ishtirok etdi. Tadbir davomida O’yinlar va animatsiyalar ko’rgazmasi, Kibersport turniri, Kospley-Shou, Vizual san’at ko’rgazmasi va Musiqiy festivali bo'lib o'tdi.

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida ish faoliyatini optimallashtirish bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

22.05.2024 2605

Mazkur taqdimot ITSM rahbari Sh.Djurabayev hamda direktor maslahatchisi A.Haydarov tomonidan o’tkazildi. Xodimlarning ish sifatini oshirish, yangi innovatsion loyihalarni jalb etish, shuningdek, markaz yo‘nalishlarini ko‘paytirishga oid mavzular ko‘rib chiqildi.  ITSM ish faoliyatini optimallashtirish kompaniya rivojlanishiga, uning raqobatbardoshligini oshirishga va innovatsion g‘oyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim jarayondir.

EdTechUZ: "Empowering Education through Technology for teachers" 3-o'quv seminari yakunlandi.

22.05.2024 2533

Bugun 2-dekabr kuni Toshkent shahri Cambridge International School xususiy maktabida ITSM, Cultural Vistas, Cambridge International School va The E.Muskie Program hamkorligida yakuniy seminar-trening bo'lib o'tdi. O’quv seminarda Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari (kimyo, fizika, biologiya) kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar.O'quv-seminar yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Eslatib o'tamiz!!! Ushbu seminar-treningning 1-qismi 25-noyabr kuni bo’lib o’tgan edi.

EdTechUZ: "Empowering Education through Technology for teachers" 3-o'quv seminariga start berildi.

22.05.2024 2238

Toshkent shahri Cambridge International School xususiy maktabida ITSM,  Cultural Vistas, Cambridge International School va The E.Muskie Program hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.Ushbu o'quv seminar Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilarining (kimyo, fizika, biologiya) kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan.Seminar-treningni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi "ITSM"ning Raqamli texnologiyalar boʻyicha direktori Qudrat Qobiljonovich ochib berdilar. Tadbirda Amerika qoʻshma shtatlari Cultural Vistas va The E.Muskie Program tanlov gʻoliblari  ishtirok etdilar. Eslatib o'tamiz!!! 6-18-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda oflayn tarzda hamda 14-16-sentabr kunlari onlayn tarzda o‘quv-seminarlari bo'lib o'tgan edi. Mazkur o'quv seminarimizning davomi 2-dekabr kuni Cambrige International School xususiy maktabida oflayn tarzda boʻlib o'tadi.