O‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi hududiy assotsiatsiyalarning 2022-yilgi grantlar tanlovining natijasini e’lon qilamiz

24.08.2022

1818

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi 2022-yilgi grantlar bo‘yicha kelib tushgan takliflar natijasini e’lon qiladi.


Jumladan, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi Samarqand viloyati bo‘limi, Qoraqalog‘iston Respublikasi bo‘limi, Toshkent viloyati bo‘limi, Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda Toshkent shahar bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan takliflar, xususan ularning o‘qituvchilar assotsiatsiyasining brendini yaratish va ommalashtirish, umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilarini uyushma faoliyatiga jalb qilish shuningdek o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, xalqaro tajribalarni o’rganish hamda ozida tatbiq qilish va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shish va o‘qituvchilar uchun muhim mavzularni yoritib berishga qaratilgan seminar va treninglar bo ‘yicha bergan takiflari mazmun jixatidan maqsadga muvofiqligi hamda loyihaning talablariga va belgilangan mezonlarga to‘liq javob berishi aniqlandi va g’olib sifatida ma’qullandi.
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tanlovda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga o‘zining minnatdorchiligini bildiradi!

Loyiha haqida
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form