STEAM-taʼlimi mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminariga start berildi!

29.06.2022

2230

29-30 iyun, 1-iyul kunlari Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 110-IDUMda Xalq taʼlimi vazirligi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan oʼquv seminari oʼtkazilmoqda.

Ushbu seminar boshlang‘ich sinf Tabiiy fanlar (Science) yo‘nalishida o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etadilar.

ITSM mutahassislari tomonidan xalqaro tajriba asosida chet el mutahassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Tabiiy fanlar (texnologiya va ilm)" o‘quv uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form