STEAM-taʼlimi mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminariga start berildi!
29.06.2022
15929-30 iyun, 1-iyul kunlari Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 110-IDUMda Xalq taʼlimi vazirligi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan oʼquv seminari oʼtkazilmoqda.
Ushbu seminar boshlang‘ich sinf Tabiiy fanlar (Science) yo‘nalishida o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etadilar.
ITSM mutahassislari tomonidan xalqaro tajriba asosida chet el mutahassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Tabiiy fanlar (texnologiya va ilm)" o‘quv uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Свяжитесь с нами