Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag‘ishlangan “O‘ynaymiz-o‘rganamiz” festivali bo‘lib o‘tdi

06.06.2022

1896

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’limi markazi tomonidan Toshkent shahrining Botanika bog‘ida Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag‘ishlangan maktab o‘quvchilari uchun “O‘ynaymiz-o‘rganamiz” shiori ostida hayotiy ko‘nikmalar festivali tashkil etildi!

ITSMning Maktabdan tashqari ta’lim va elektron resurslarni rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimlari 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan Raqamli, Amaliy, STEAM va Texnologiya burchaklarning birida ishtirok etib, “Smartland” va “VR-sayohat” loyihalarini bolalarga taqdim etishdi. 

Festival davomida jajji bolajonlar zavq bilan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarga virtual sayohat qilishdi hamda Smartland veb-platformasi orqali o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ushbu taqdimotlar bolalarni interaktiv ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirdi.

Festival yakunida bolajonlarga sovg‘alar va bayram tuhfalari taqdim etildi.

">

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form