VR turizm
03.03.2022
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARIDA ONLAYN VR SAYOHATLARNI O‘Z ICHIGA OLGAN VIRTUAL MAYDONLAR TASHKIL ETISH LOYIHASI
Loyihaning maqsad va vazifasi:
· Mazkur loyiha Respublikamizdagi “Barkamol avlod” maktablarida onlayn ekskursiyalar uyushtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yurtimizdagi ko‘p yillik tarixga ega diqqatga sazovor joylarni, tarixiy obidalarni, madaniyati va urf-odatlari bilan virtual tanishtirish uchun xizmat qiladi.
· Loyihaning asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarni virtual platforma orqali ichki turizmga bo‘lgan qiziqishlari va ishtiyoqini oshirish, virtuallikdagi sayohatni real sayohatga aylantirishdan, shuningdek har bir o‘quvchi o‘qib o‘rgangan O‘zbekiston tarixi darsliklarini VR uskunasi orqali qisqa metrajli videolarda jonlantirishdan iborat.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan va erishilgan natijalar:
· Amalga oshirilgan ishlar doirasida dastlab maxsus dastur uchun texnik hujjatlar va loyiha dasturi ishlab chiqildi;
· O‘zbekiston Respublikasidagi 5 ta tarixiy majmuaning:
· Xiva shahri - Ichan qalʼa
· Buxoro shahri - Ark qalʼasi
· Samarqand shahri - Shohi zinda majmuasi
· Samarqand shahri - Registon maydoni
· Shahrisabz shahri - Oq saroy majmuasining VR-360˚ formatidagi qisqa metrajli panorama ko‘rinishli videolari yaratildi;
· O‘quvchilarga tarixiy obidalar va boshqa foydali maʼlumotlarni virtual tarzda yetkazib berishni taʼminlash maqsadida professional gid xizmati jalb qilindi.
Biz bilan bog'laning