Yaponiyaning JICA tashkiloti pandemiya oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashmoqda

12.02.2021

3110

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, pandemiya davrida o‘quvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘qituvchilari salohiyatini oshirish va ta’limdagi tengsizlikni kamaytirish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida “COVID-19 pandemiyasi davrida o‘qituvchilarning xalq ta’limi tizimidagi muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida, har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan (jami 140) o‘qituvchilar saralab olindi. O‘qituvchilarning har biriga JICA tomonidan beg‘araz ajratilgan noutbuk, router va alohida sim-kartalar tarqatildi. 
Shuningdek, har bir viloyatga mas’ul mutaxassislar ajratilib texnik jamlamalardan o‘quv dasturi davomida to‘g‘ri foydalanish bo'yicha tegishli ma’lumotlar berildi.Ushbu o‘qituvchilarning har biriga, JICA tashkiloti tomonidan beg‘araz yordam asosida taqdim etilgan noutbuklar va boshqa kerakli jihozlardan foydalangan holda, loyihada ko‘zda tutilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Loyihaning asosiy maqsadlari:

Ushbu loyiha vazirlikning quyidagi yo‘nalishlarini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi:

Ushbu loyiha  “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” va Japan Digital University tashkilotlari mas’uligida amalga oshirilmoqda. 

Tomonlar o‘zaro tenglik va manfaatdorlik asosida, shuningdek, hamkorlikning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga va ta’lim sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishiga ko‘maklashadilar.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin