Xalq ta'limi vazirligi KPI tizimini joriy etmoqda

19.08.2020

3862

Ba’zida ishxonalarda ish jarayoni xuddi chumolilar inidagi harakatlarga o'xshab qaynaydi hamda hamma ish bilan band bo'lgandek tuyuladi, biroq bundan tashkilotning samaradorligi oshadimi?

Gap shundaki, xodimlarning aksariyat qismining amalga oshiradigan harakatlarini taqqoslash qiyin. Masalan, bir xodim minnatdorchilik xatini yozish uchun bir soat vaqt ajratgan bo’lsa, boshqa bir xodim katta shartnomaning imzolanishiga olib kelgan xatni yozish uchun xuddi shuncha vaqt ajratgan. Qaysi xodim samaraliroq? Buni anglash uchun siz xodimlar samaradorligining asosiy ko'rsatkichlarini baholashga imkon beradigan o'lchovga ega bo'lishingiz lozim.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligida samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlar tizimini (KPI) joriy etishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Innovatsiya, texnologiya va strategiya jamoasi ko'magida "SMART STAFF SOLUTIONS" MChJ konsultantlari bilan birgalikda XTV xodimlarining samaradorligini baholash tizimi yo'lga qo'yilishi qayd etildi. 

Ushbu tizim orqali, xodimlarning yutuq va kamchiliklarini, erishilgan natijalarga qancha mehnat sarflanganligi to'g'ri kelishini baholash mumkin. 

Shuningdek, samaradorlik ko'rsatkichlari asosida ish haqini to'lash tizimi shakllantiriladi, bu esa xodimlarni o'z ishlarida yuqori natijalarga erishishga motivatsiya bo'lib, tashkilotning strategik maqsadlarini amalga oshirishda yordam beradi. 

Xodimlarni rag'batlantirishning yangi tizim va usullarini qo'llash orqali tashkilot xodimlarining bajarilgan ishlarga munosabatini tubdan o'zgartirish imkoni paydo bo'ladi.

Bugungi kunda, samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlar tizimi, qator sohalarda, xodimlarni ragʻbatlantirishning eng ma'qul vositasi sifatida o'zini namoyon qilmoqda.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin