Chat-botlarning imkoniyatlari

19.07.2023

1595

     Chat-bot nima?

     Chat-bot ingliz tilidan olingan hamda "chat"-suhbat va "bot"-robot - bu turli xil texnologiyalar yordamida inson aloqasini taqlid qila oladigan kompyuter dasturidir. 

     Chat-botlarning asosiy vazifasi?

     Foydalanuvchi bilan "suhbat" o'tkazish, ularga berilgan savollarga matn, ovozli va vizual tarzda javob berishdir. Aynan shu xususiyat uni boshqa turdagi dasturiy robotlardan ajratib turadi.

     Statistikaga ko'ra, bugungi kunda chat-botlarlardan 1,4 milliard odamlar foydalanmoqda. Shuningdek, jahon bo'ylab xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalarning 50% dan ortig'i mijozlarga xizmat ko'rsatishda foydalanmoqda.

     Chat-bot turlari?

     Oddiy chat-botlar: turli xil moliyaviy va xizmat ko'rsatish kompaniyalarining rasmiy sahifalarida foydalaniladigan hamda berilgan algoritmlar to'plami asosida ishlaydigan chat-botlar (rule-based chat-bot). 

     Bunday dasturlar biror bir yo'nalishda mustaqil o'rgana olmaydi, vaziyatga moslashmaydi yoki javoblarni mustaqil ravishda shakllantira olmaydi. Ular foydalanuvchi savolida uchraydigan kalit so'zlarga qarab, oldindan belgilangan javoblarni taqdim etadi.

     SI chat-botlar: (AI chatbot) suhbat yoki dialog SI (conversational AI) deb nomlangan texnologiya asosida yaratilgan. 

     Bu atama nafaqat "aqlli" chat-botlarni, balki Apple-Siri, Microsoft-Cortana yoki Yandex-Elis kabi ovozli yordamchilarini ham birlashtiradi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin