Xalq ta’limi vazirligi va bir qator tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

02.04.2021

3191

30-mart kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK, Respublika ta’lim markazi, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Cambridge International School va Oxbridge International School o‘rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi yetakchi o‘qituvchilarni aniqlash yo‘li bilan tabiiy fanlar sohasidagi ta’lim sifatini yaxshilash, murabbiylar uchun kaskad usulidagi mashg‘ulotlar o‘tkazishga erishish, jahon tajribasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda O'zbekistonning milliy dasturiga muvofiq tabiiy fanlar bo‘yicha o'qituvchilar malakasini oshirish yordamida kaskadli mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan iborat.

Loyiha doirasida kitobning laboratoriya ishlariga ega har bir sahifasini QR kod bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda, natijada onlayn sahifaga o‘tishga va ushbu laboratoriya ishini o‘tkazish uchun uch bosqichli yo‘riqnoma va videoni ko‘rish imkoni yaratiladi. Va bu jarayon ham o‘qituvchi uchun, ham o‘quvchi uchun ham oson va tushunarli bo‘ladi.

Imzolangan memorandum doirasida tomonlar quyidagi hamkorlik yo'nalishlari bo'yicha o'zaro kelishuvga erishdilar:

- chekka hududlardan kelgan o'qituvchilar uchun yanada interaktiv va tushunarli bo'ladigan uslubiy qo'llanma yaratish orqali fundamental fan yo'nalishi bo'yicha ta'lim sifatini oshirish;

- amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan laboratoriya uskunalari ro'yxatlarini xalqaro standartlarga muvofiq yangilash, bunda ishlarning maksimal hajmi minimal miqdordagi jihozlarda amalga oshiriladi.

- tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun kerakli nazariy bilimlar ro‘yxati va zarur laboratoriya ishlarining ro‘yxati ko‘rsatilgan holda maxsus professional standartlarni ishlab chiqish.

Imzolangan Memorandumni amalga oshirish doirasida tajriba va laboratoriya ishlarini o‘tkazish orqali o‘quvchilar orasida tabiiy fanlarga qiziqishni uyg‘otishni targ‘ib qilishga hamda o‘yinlarga asoslangan ko‘rgazmali ta’lim metodini yaratgan holda bilim olishlari uchun turtki berishga erishiladi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin