Eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun ariza topshirish

10.03.2023

1733

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Koll-markazi tomonidan 2023-yilning mart oyi birinchi haftasi mobaynida aholi tomonidan kelib tushgan dolzarb murojaatlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.

Unga koʻra, hafta davomidagi 250 ta murojaat, Eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligi doirasida boʻlib, quyida kelib tushgan dolzarb savollar va ularning javoblari keltirilgan:

- Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati qachongacha?
- Ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-martdan 1-mayga qadar davom etadi.

- 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?
- Oʻquvchi taʼlim olgan maktabi tomonidan taqdim etilgan baholar tabeli nusxasi yoki 9-sinfni tamomlamaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza berish jarayonida my.gov.uz portaliga kiritadi.

- 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar kerak boʻladi?
- 9-sinfni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomani hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani my.gov.uz portaliga elektron tarzda kiritadi.

- Agar 9-sinfni tamomlaganlik toʻgʻrisida shahodatnomasi boʻlmasa, bir vaqtning oʻzida 9- va 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish mumkinmi?
- Yoʻq, mumkin emas, avval 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtib, keyingi yili 11-sinf doirasida ishtirok etadi.

- Agar oldin maktabni boshqa viloyatda oʻqigan boʻlib, hozirda doimiy yashash joyi boshqa viloyatga oʻzgargan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha eksternat tartibida imtihonlarni topshirishi mumkinmi?
- Ha, mumkin, roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etadi.

Batafsil maʼlumotlar uchun: 71-202-09-09

my.gov.uz portali orqali 1-martdan 1-mayga qadar davom etadi.

">

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме