Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi rahbariyati ishtirokida “Planet one group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
“Planet one group” kompaniyasi maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta taʼlim va kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, ilg‘or tajriba markazlari va professional taʼlimga ixtisoslashgan maktablarni tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘quv markazlari uchun alohida kontent va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga doir takliflarni taqdim etdi.
Shu o‘rinda Xalq taʼlimi sohasini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “maktab.uz”, “Edukids”, “Smartland”, “VR-sayohat” va boshqa innovatsion loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv yakunida yangi, zamon talabiga mos keladigan progressiv loyihalarni o‘zaro hamkorlik asosida yaratish rejalashtirishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.