ITSM va Webster universiteti o'rtasida memorandum imzolandi

02.02.2021

3511

Bugun, 2-fevral kuni Xalq ta’limi vazrligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” (ITSM) va Toshkentdagi Webster Universiteti (Webster) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandum imzolandi.

Uchrashuv doirasida tomonlar quyidagi yo’nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish bo’yicha kelishuvga erishdilar:

-  ITSM da Webster talabalari amaliyot o’tashlari uchun imkoniyatlar yaratish;
-  Bo'sh ish o’rinlari haqida ma'lumot berish;
-  "Yetakchilar bilan suhbat" loyihasi doirasida ish safarlari va ITSM rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkillashtirish;
-  "Webster uchun maslahat” loyihasini amalga oshirish;
-  Webster talabalarini ITSM loyihalariga jalb qilish;
-  Qo'shma tadbirlar, loyiha, seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkillashtirish;
-  ITSM xodimlari uchun Websterning MBA dasturi doirasida bepul Michigan English Test (MET) test sinovlarini o'tkazish;
va boshqa xalqa ta'limiga oid dolzarb yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish.

Ma'lumot uchun: Amerika Qo'shma Shtatlarining Toshkentdagi Webster Universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20 martdagi 4245-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Ushbu Universitetda bakalavriatning asosiy 14 ta ta’lim yo’nalishi va 16 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ITSM tomonidan talabalar uchun o'quv seminari o'tkazildi. Tashkilot vakillari ITSM faoliyati, kelgusi rejalar, amalga oshirilgan loyihalar va amaliyot o'tash imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Toshkentdagi Webster Universiteti (Webster) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandum imzolandi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin