Xalq ta’limi vazirligi 25 nafar 7-11 sinf o'quvchilariga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

21.08.2020
35417
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan 7-11-sinf o'quvchilari orasida tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta’lim maktab 7-11-sinf o'quvchilariga zamonaviy YANGI NOUTBUK sovrin sifatida taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
Agar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lmasangiz ushbu shaklni to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning;
Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling;
Coursera’da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling;
Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to‘ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE
Tanlov 2020-yil 29-sentyabrga qadar davom etadi. 30-sentyabr kuni esa g‘oliblar aniqlanadi! Shoshiling, 25 NOUTBUKLAR dan biriga ega bo‘ling.
Courserada bepul ta’lim olish haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy sahifaga a’zo bo‘ling: https://t.me/courserauz
Baholash mezonlari quyidagicha:
Tanlovning baholash mezonlari quyidagicha bo'lib, ishtirokchilarning yakuniy natijalari 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:
1. Coursera platformasida faollik ko’rsatkichlari bo’yicha (jami 60 ball):
Coursera platformasida o’z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasbiy tayyorgarlik muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar va qo’lga kiritgan sertifikatlar soni (1-20 ballgacha);
Kurslardan tashqari bir necha kurslarni o’zda jamlagan professional sertifikatlar (“professional certificates”), ixtisoslashgan kurslar jamlanmasi (“Specializations”) va yo’naltirilgan loyihalarni (“Guided Projects”) muvaffaqiyatli tugatgan va yuqori o’zlashtirgan nomzodlar ma’qullanadilar (1-20 ballgacha);
Faqat intermediate, advanced yoki mixed toifasiga kiruvchi nisbatan murakkab muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar soni sanaladi (qiyinlik darajasi beginner bo’lgan kurslar hisobga olinmaydi) (1-20 ballgacha).
2. Courserada muvaffaqiyatli tugatgan kurs(lar) haqida shaxsiy tassurotlarni o’zida aks ettirgan 4, 5 minutlik videorolik tayyorlash (jami 40 ball):
Courserada nima uchun o’qishga qaror qilganligi, onlayn ta’lim olishning afzalliklari va kurslardan qanday ko’nikmalarni o’rganganligi to’g’risida so’zlab berish (1-10 ball)
Motivatsion ruh (1-10 ball)
Professionallik darajasi (1-10)
Videorolik sifati (1-10 ball)
*Fiverr, Upwork, Freelancer, Preply va shu kabi freelancing platformalarida tasdiqlangan akkount ochgan yuqori sinf o’quvchilarga qo’shimcha afzallik beriladi
Yuqorida keltirilgan shartlar to'liq bajarilishi kerak!
https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning;

">
Biz bilan bog'laning
Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin