Xalq ta’limi vazirligi 25 nafar 7-11 sinf o'quvchilariga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

21.08.2020
35569
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan 7-11 sinf o'quvchilari orasida tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta’lim maktab 7-11 sinf o'quvchilariga zamonaviy YANGI NOUTBUK sovrin sifatida taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
Agar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lmasangiz ushbu shaklni to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning;
Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling;
Coursera’da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling;
Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to‘ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE
Tanlov 2020 yil 29 sentabrga qadar davom etadi. 30 sentabr kuni esa g‘oliblar aniqlanadi! Shoshiling, 25 NOUTBUKLAR dan biriga ega bo‘ling.
Courserada bepul ta’lim olish haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy sahifaga a’zo bo‘ling: https://t.me/courserauz
Baholash mezonlari quyidagicha:
Tanlovning baholash mezonlari quyidagicha bo'lib, ishtirokchilarning yakuniy natijalari 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:
1. Coursera platformasida faollik ko’rsatkichlari bo’yicha (jami 60 ball):
Coursera platformasida o’z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasbiy tayyorgarlik muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar va qo’lga kiritgan sertifikatlar soni (1-20 ballgacha);
Kurslardan tashqari bir necha kurslarni o’zda jamlagan professional sertifikatlar (“professional certificates”), ixtisoslashgan kurslar jamlanmasi (“Specializations”) va yo’naltirilgan loyihalarni (“Guided Projects”) muvaffaqiyatli tugatgan va yuqori o’zlashtirgan nomzodlar ma’qullanadilar (1-20 ballgacha);
Faqat intermediate, advanced yoki mixed toifasiga kiruvchi nisbatan murakkab muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar soni sanaladi (qiyinlik darajasi beginner bo’lgan kurslar hisobga olinmaydi) (1-20 ballgacha).
2. Courserada muvaffaqiyatli tugatgan kurs(lar) haqida shaxsiy tassurotlarni o’zida aks ettirgan 4-5 minutlik videorolik tayyorlash (jami 40 ball):
Courserada nima uchun o’qishga qaror qilganligi, onlayn ta’lim olishning afzalliklari va kurslardan qanday ko’nikmalarni o’rganganligi to’g’risida so’zlab berish (1-10 ball)
Motivatsion ruh (1-10 ball)
Professionallik darajasi (1-10)
Videorolik sifati (1-10 ball)
*Fiverr, Upwork, Freelancer, Preply va shu kabi freelancing platformalarida tasdiqlangan akkount ochgan yuqori sinf o’quvchilarga qo’shimcha afzallik beriladi
Yuqorida keltirilgan shartlar to'liq bajarilishi kerak!
https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning;

">
Свяжитесь с нами
Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме