O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga $60 mln. AQSh dollari yo'naltiriladi

05.03.2020

5180

Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va EF Education First kompaniyasi direktori Karl-Yoxann Vestring anglashuv memorandumini imzoladi.

EF Education First kompaniyasi ingliz tilini o‘qitishga qaratilgan turli o‘quv dastur, metodika va pedagogik yondashuvlarni taklif etuvchi dunyodagi yirik tashkilotlardan biridir.

Mazkur memorandumdagi ustuvor vazifalar vazirlik huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilib, memorandum doirasida tomonlar istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirilmoqda. Jumladan, tomonlar mamlakatimizda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi o‘quvchi hamda o‘qituvchilar bilimini baholab, malaka va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishda hamkorlik qiladi.

O'zbekiston ingliz tili bilish darajasi reytingida 100 mamlakat ichida 95-o'rinda! 

Mamlakatingizda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha ahvol qanday?
EF Education First kompaniyasining davlatlarning Ingliz tilini bilish darajasi reytingida O‘zbekiston 100 mamlakat ichidan 95-o‘rin egallab turibdi. Umuman olganda, Osiyo mamlakatlari orasidan faqat Singapur mazkur reytingning kuchli o‘ntaligiga kirgan yagona davlat bo‘lib, beshinchi o‘rinda egallagan.

Ingliz tili bilim darajasi mamlakatlarning iqtisodiyotining rivojlanishiga to'g'ridan to'g'ri tasir qilinishi ham yuqoridagi tadqiqotlarda keltirilgan. 
Xo'sh shunday ekan, O'zbekistonda ingliz tilini rivojlantirish uchun nimalar qilish zarur? 
      
Ingliz tilini o‘rganish muhimligi 4 ta asosiy sabablari bilan tanishaylik:

1. Ingliz tili Xalqaro tan olingan muloqot tili hisoblanib, 53 ta mamlakatda 400 milliondan ortiq kishi ingliz tilida so‘zlashadi.

2. Ingliz tili rasmiy biznes tili hisoblanib, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chet elda biznes ko‘pincha ingliz tilida olib boriladi va ko‘plab xalqaro kompaniyalar xodimlardan ingliz tilini yaxshi bilishi talab etiladi.

3. Ingliz tilida so‘zlashganingizda, yanada keng imkoniyatlar olamiga kirgan bo‘lasiz. Dunyoning eng yaxshi filmlari, kitoblari va musiqalari ingliz tilida ishlanadi. Shuning uchun, ingliz tilini o‘rgansangiz, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

4. Ingliz tilini bilish Internetdan samarali foydalanish imkoniyatini berib, Education First tadqiqotlariga ko‘ra, Ingliz tili Internet tili hisoblanadi. Har kuni taxminan 565 million kishi Internetdan foydalanadi va dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlarning 52 foizi ingliz tilida bo‘lib, ingliz tili sizga Internetdan ko‘proq foydalanish imkonini beradi.

Ingliz tili darajangiz qanday ekanligini bilishni istasangiz, quyidagi havolaga o‘ting:

https://www.efset.org/

reytingida O‘zbekiston 100 mamlakat ichidan 95-o‘rin egallab turibdi. Umuman olganda, Osiyo mamlakatlari orasidan faqat Singapur mazkur reytingning kuchli o‘ntaligiga kirgan yagona davlat bo‘lib, beshinchi o‘rinda egallagan.

Ingliz tili bilim darajasi mamlakatlarning iqtisodiyotining rivojlanishiga to'g'ridan to'g'ri tasir qilinishi ham yuqoridagi tadqiqotlarda keltirilgan. 
Xo'sh shunday ekan, O'zbekistonda ingliz tilini rivojlantirish uchun nimalar qilish zarur? 
      
Ingliz tilini o‘rganish muhimligi 4 ta asosiy sabablari bilan tanishaylik:

1. Ingliz tili Xalqaro tan olingan muloqot tili hisoblanib, 53 ta mamlakatda 400 milliondan ortiq kishi ingliz tilida so‘zlashadi.

2. Ingliz tili rasmiy biznes tili hisoblanib, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chet elda biznes ko‘pincha ingliz tilida olib boriladi va ko‘plab xalqaro kompaniyalar xodimlardan ingliz tilini yaxshi bilishi talab etiladi.

3. Ingliz tilida so‘zlashganingizda, yanada keng imkoniyatlar olamiga kirgan bo‘lasiz. Dunyoning eng yaxshi filmlari, kitoblari va musiqalari ingliz tilida ishlanadi. Shuning uchun, ingliz tilini o‘rgansangiz, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

4. Ingliz tilini bilish Internetdan samarali foydalanish imkoniyatini berib, Education First tadqiqotlariga ko‘ra, Ingliz tili Internet tili hisoblanadi. Har kuni taxminan 565 million kishi Internetdan foydalanadi va dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlarning 52 foizi ingliz tilida bo‘lib, ingliz tili sizga Internetdan ko‘proq foydalanish imkonini beradi.

Ingliz tili darajangiz qanday ekanligini bilishni istasangiz, quyidagi havolaga o‘ting:

https://www.efset.org/

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin