O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga $60 mln. AQSh dollari yo'naltiriladi

05.03.2020

5181

Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va EF Education First kompaniyasi direktori Karl-Yoxann Vestring anglashuv memorandumini imzoladi.

EF Education First kompaniyasi ingliz tilini o‘qitishga qaratilgan turli o‘quv dastur, metodika va pedagogik yondashuvlarni taklif etuvchi dunyodagi yirik tashkilotlardan biridir.

Mazkur memorandumdagi ustuvor vazifalar vazirlik huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilib, memorandum doirasida tomonlar istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirilmoqda. Jumladan, tomonlar mamlakatimizda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi o‘quvchi hamda o‘qituvchilar bilimini baholab, malaka va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishda hamkorlik qiladi.

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме