Tabiiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-treninglari bo‘lib o‘tmoqda

16.08.2023

4719

     Bugun Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda "EdTechUZ: Empowering Education through Technology for teachers" mavzusida umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

     Mazkur o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, "Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi" hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.  

      Seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan va kelgusida STEAM taʼlimini tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

     O‘quv-seminarining birinchi kuni davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" hamda xorijiy mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan “Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari” uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

     Maʼlumot uchun, ushbu qo‘llanmada PhET, Nearpod va Kahoot o‘quv ilovalari yordamida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bu ilovalar yordamida interfaol topshiriqlar, dars rejalari, mustaqil vazifalar, testlar, viktorinalar, dars taqdimotlari, tanlangan mavzular bo‘yicha video kontentlar, tarqatma materiallar yaratish yoki tayyor o‘quv resurslaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.

     Bu kabi o'quv-seminarlarni Respublikamiz viloyatlaridagi umumta'lim maktablari o'qituvchilariga ham tashkil etish rejalashtirilgan.

     Treninglar 18-avgustga qadar davom etadi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin