SI (Sun'iy intellekt) va uning imkoniyatlari

18.07.2023

1961

     SI (sun'iy intellekt) nima? 

     SI — bu ma'lumotlarni tezkor olish, muayyan muntazamlikni aniqlash, tendensiyalarni optimallashtirish yoki bashorat qilish mumkin bo'lgan juda ko'p algoritmlar va mexanizatsiyalashgan bilimlar vositasidir. 

     SI (sun'iy intellekt) atamasini kim o'ylab topgan?

     SI konsepsiyasi haqida birinchi marta 1950-yilda Alan Tyuringning "Hisoblash mashinalari va aql" asarida keltirib o'tilgan bo'lib, unda Tyuring mashinalar o'ylay oladimi? degan savolni qo'ygan. Olti yil o'tgach, 1956-yilda Jon Makkarti Dartmut kollejida SI bo'yicha birinchi konferentsiyada "Sun'iy intellekt" atamasini qo'llagan. 

     SI qanday ishlaydi? 

     TechTarget portali muallifi Ed Bernsning ta'kidlashicha, SI tizimlari katta hajmdagi ma'lumotlarni o'zlashtirish, ularni korrelyatsiyasi hamda muntazamligini tahlil qilish, olingan natijalardan voqealarni bashorat qilish uchun foydalanish orqali ishlaydi. 

     SI dasturlash tizimi uchta asosiy ko'nikmaga qaratilgan: 
     o'rganish. Ma'lumotlarni yig'ish va ushbu ma'lumotlardan qanday foydalanish qoidalarini yaratish. 
     fikrlash. Kerakli natijaga erishish uchun to'g'ri algoritmni tanlash. 
     o'z-o'zini tiklash. Algoritmlarni doimiy ravishda sozlash va eng aniq natijalarni ta'minlash.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin