Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi hamda xitoyning kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

18.07.2023

586

     Ma’lumot uchun, Xitoy davlati tomonidan “5-9-sinflarda chet tili va informatika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 12 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilgan.

     Grant mablag’lari Respublikamizdagi 1303 ta umumtaʼlim maktablariga jami 20 848 dona o‘quv kompyuterlar yetkazib berish uchun yo‘naltirilgan va ayni vaqtda maktablar mazkur kompyuter to’plamlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.

     O‘quv kompyuter sinflari to‘plamlaridan kompyuter o‘quv uskunalariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan umumtaʼlim maktablarida chet tili va informatika fanlarini mukammal o‘rgatish uchun dars jarayonida hamda darsdan tashqari tashkil etiladigan to‘garaklarda doimiy foydalaniladi.

     Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan mutaxassislar joylarda kompyuter o‘quv uskunalarini sifatli o‘rnatish ishlarini amalga oshirishlari ko’zda tutilgan.
 

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin