Bugungi kunda keng ommalashgan IT-dasturlari mavjud bo'lib, ulardan ba'zilari quyidagi ro'yxatda ko'rsatib o'tilgan:
Operatsion tizimlar: shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur operatsion tizimlar - Windows OS, MacOS va Linux. Mobil qurilmalar uchun esa - Android va iOS hisoblanadi. Ushbu dasturlar texnik qurilmalar bilan ishonchli va qulay ishlashni ta'minlaydi hamda turli xil dasturlarni ishga tushirishga imkon beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram, Facebook, Instagram, Twitter va LinkedIn kabi platformalar millionlab faol foydalanuvchilarga ega bo'lib, muloqot qilish, kontent almashish, yangiliklarni bilish, bo'sh ish o'rinlarini topish va boshqa ko'plab foydali takliflarni taqdim etadi.
Bulutli hisoblash (облачные вычисления): Amazon Web Services (AWS), Microsoft Azure va Google Cloud Platform kabi bulutli hisoblash xizmatlari ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash, ilovalarni joylashtirish va dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish uchun eng kuchli hisoblash resurslari va infratuzilmasiga kirish imkonini beradi.
Aloqa ilovalari: WhatsApp, Skype, Zoom va Slack kabi platformalar matnli xabarlar, audio va video qo'ng'iroqlar, fayllarni almashish va virtual uchrashuvlar orqali muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Elektron tijorat platformalar: Amazon, Alibaba, eBay va Shopify kabi veb-saytlar va ilovalar onlayn xarid qilish, mahsulot va xizmatlarni sotish, elektron tijoratni amalga oshirish bo'yicha qulay va ommalashgan platformalar hisoblanadi.
Bular bugungi kunda muvaffaqiyatli IT-dasturlarining bir nechta namunalari edi xolos.
Hozirda juda mashhur bo'lgan ZOOM platformasining o'zbekcha analogi, hattoki foydasi jihatidan kengroq imkoniyatlarga ega platforma haqida eshitganmisiz?
Albatta, kanalimizni kuzatishda davom eting, navbatdagi yangiligimiz aynan ushbu platforma va uning imkoniyatlariga bag'ishlanadi!