STEM-ta’limi sohasida yana bir hamkorlik memorandumi imzolandi

11.07.2023

1191

     Joriy yilning 11-iyul kuni “Innovatsiya, texnologiya va strategiya  markazi” DUK  hamda “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” DUK oʻrtasida STEM- taʼlim sohasida hamkorlikni davom ettirish va taʼlim media-mahsulotlarini ishlab chiqish loyihalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida memorandum imzolandi.

     Mazkur kelishuv umumta’lim muassasalarida o‘qitish uslublarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, shuningdek, tomonlar ixtiyorida mavjud bo‘lgan materiallarni tarjima qilish va ish jarayonlariga moslashtirishga qaratilgan qo‘shma ishchi guruh tashkil etishni nazarda tutadi.

     Tomonlar ushbu hamkorlik STEM-ta’limini ommalashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun zamin yaratishning muhim mexanizmi ekanligiga ishonch bildiradilar.

     Ma'lumot uchun: ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasida STEM-ta’limini rivojlantirishda muhim qadamdir. Kelishuv ishtirokchilari ta’lim media-mahsulotlari va tajriba almashish bo‘yicha ishchi guruhning yaratilishi ta’lim muassasalarida o‘qitish usullarini sezilarli darajada takomillashtirish hamda STEM sohasini talabalar uchun yanada qulay va qiziqarli qilish imkonini beradi, deb hisoblaydi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin