"Digital Leadership Forum" doirasidagi eng yirik IT-ta'lim platformasi taqdimoti

10.07.2023

1212

     Xabaringiz bor, joriy yilning 7-iyul kuni 20 dan ortiq xalqaro ekspertlar hamda IT-sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida "GovTech", "EdTech", "IT&BPO Outsourcing", "Venture" kabi mavzularda sessiyalar o'tkazildi. 

     Jumladan, "EdTech" sessiyasi doirasida innovatsion o'qitish usullarini o'rganish, O'zbekistonda IT-ta'lim salohiyatini oshirish, yetakchi mamlakatlar ekspertlari o'rtasida tajriba va bilim almashish, yoshlarni kelajakning texnologik ko'nikmalariga muvofiq tarbiyalash hamda ta'lim tizimidagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.

     Shuningdek, IT-ta'limga doir sessiyada "Coursera" ommaviy onlayn ta'lim loyihasi taqdimoti ham o'tkazildi. 

     Bugungi kunda, IT-Park hamda ITSM  hamkorligida umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun mazkur loyiha doirasida bepul IT-kurslari joriy qilinmoqda.

     Ma'lumot uchun: "Coursera" ommaviy onlayn ta'lim loyihasiga "Stenford" universiteti informatika professorlari Endryu Eun va Dafne Koller tomonidan 2012-yilda asos solingan.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin