Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda UNESCO oʻrtasidagi loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi

16.07.2021

2679

Avval xabar berilganidek, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda UNESCO oʻrtasida “Fargʻona vodiysidagi yoshlar ijtimoiy uygʻunlikda” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan. 


15-iyul kuni ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha UNESCO ekspertlari va ITSM masʼul shaxslari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida “Oʻzbekistonda va butun dunyoda ish topish” qoʻllanmasini ishlab chiqish tafsilotlari, xususan, maʼlumotlarni qayta ishlash, kontent, shuningdek, maktab oʻquvchilari kasb yoki akademik faoliyat yoʻnalishini tanlashi, Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda dolzarb boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishlari mumkin boʻlgan elektron platforma muhokama qilindi. 

Loyiha maqsadi - oʻsmirlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va kasbga oid masalalar boʻyicha umumiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlari, moyilligi va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha maslahat beradigan onlayn platforma yaratish.

Eslatib oʻtamiz, ushbu loyiha UNESCO tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin